INSTITUTDA “YAPON TILINI O‘QITISH MARKAZI” TASHKIL ETILADI

06.03.2025

Yaponiyaning Ivatani Gakuen ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar institutida “Yapon tilini o’qitish markazi” tashkil etiladi.

Bu haqda Ivatani Gakuen ta’lim muassasasi bosh direktor o‘rinbosari Kyoko Akiyama xonim bilan SamDCHTI Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Berdialiyevlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda ta’kidlandi.

Tadbirda Ivatani Gakuen ta’lim muassasasi talabalar uchun Samarqand davlat chet tillari institutida “Yapon tilini o‘qitish markazi”ni ochish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Mazkur markazda kelajakda barcha talabalar va tinglovchilar uchun yapon tili kurslaridan tashqari AKT, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha kasb-hunarga o’qitish yo’lga qo’yiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 2 =