Xalqaro Moliya texnologiyalari va fanlari (International School of Finance Technology and Science, ISFT) institutida Toshkent Fransuz Alyansi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda International School of Finance Technology and Science (ISFT) xalqaro bo‘limi vakillari va “Filologiya va tillarni o‘qitish” kafedrasi o‘qituvchilari hamda AFT direktori Dilshod Axmedov va Eléonore Jeannot Ventura ishtirok etishdi.

Tomonlar talabalarga grantlar, yozgi maktablar, almashinuv dasturlari va magistratura imkoniyatlarini taqdim etish bo‘yicha kelishib oldilar. Shuningdek, ISFTda fransuz tili yo‘nalishini ochish va AFT tomonidan darsliklar va volontyor o‘qituvchilar bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.