ISPANIYA UNIVERSITETLARI BILAN QO‘SHMA TADQIQOTLAR VA ALMASHINUV DASTURLARINING ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

04.07.2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston hamda Ispaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Barselona universiteti prorektori Raul Ramos Labo, Lleida universiteti prorektori Antoni Granollers Saltiveri va Urganch RANCH texnologiya universiteti rektori Jur’atbek Atajonov qatnashdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat universitetlari o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda o‘quv dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, Barselona universiteti Ispaniyaning eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, QS reytingida dunyoning eng yaxshi 200 oliygohi qatoriga kiradi. Lleida universiteti esa muhandislik, agrar va tabiiy fanlar yo‘nalishlaridagi kuchli dasturlari bilan tanilgan.

Tomonlar 2024-yilda boshlangan hamkorlik aloqalarini tahlil qilib, ularni strategik bosqichga olib chiqish, hamkorlikda loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish, hamda aloqalarni institutsional darajada mustahkamlashga kelishib oldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × three =