O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) delegatsiyasi Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Istanbul Aydın universitetiga rasmiy tashrif buyurdi. Uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi.


O‘zDJTU vakillari Istanbul Aydın universiteti rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi. Suhbatlar samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi, tomonlar ta’lim va ilmiy sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tashrif davomida mehmonlar universitet infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv xonalari, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar, elektron kutubxona hamda talabalar shaharchasi bilan tanishdilar. Delegatsiya, ayniqsa, xorijiy tillar, tarjima, muhandislik, zamonaviy texnologiyalar va madaniyat yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi fakultetlarga alohida e’tibor qaratdi.

Aydın universitetining xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimi va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvi O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.