JAHON TILLARI UNIVERSITETI AQSH ELCHIXONASI VAKILLARINI QABUL QILDI

13.08.2024

2024-yil 13-avgust kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Toshkentdagi AQSh elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xodimi Natasha Pijjet, Ingliz tili mutaxassislari boʻlimi masʼul xodimi Feruz Akobirov hamda ingliz tili oʻqituvchisi Aylen Jiamankoni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar universitetni rivojlantirish strategiyasi haqida soʻz yuritilib, ingliz tilini oʻrganayotgan talabalar sonini inobatga olgan holda muayyan vazifalarni bajarishda AQSh tomonining koʻmagi va hissasi muhimligini ta’kidladilar, hamda kelgusida turli loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, shuningdek AQShlik mutaxassis Aylen Jiamankoning faoliyatiga doir masalalarni muhokama qildilar.