«JAPAN’S GRANT ASSISTANCE PROJECTS» DOIRASIDA GRANT SHARTNOMALARINI IMZOLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
04.03.20202020-yilning 4-mart kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yoshinori FUJIYAMA «Japan’s Grant Assistance Projects» loyihalari doirasida 9 ta grant shartnomasini imzoladi.
Ular orasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor G‘anisher Raximov ham yapon tili va ta’limini takomillashtirish loyihasi bo‘yicha grantga imzo chekdi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, 1995-yildan boshlab ushbu dastur doirasida ta’lim va tibbiyot muassasalari, O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari 400 ga yaqin loyihani amalga oshirdilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.