O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohamed Irki hamda ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nabila Gazli xonim tashrif buyurdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov boshchiligidagi universitet rahbar-xodimlari va jazoirlik yuqori martabali mehmonlar orasida bo’lib o’tgan muzokarada, ta’lim yo’nalishida har tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishildi.


