JEJU MILLIY UNIVERSITETI KENG QAMROVLI HAMKORLIK SEMINARIGA MEZBONLIK QILMOQDA

26.11.2025

Janubiy Koreyaning Jeju provinsiyasi O‘rta Osiyo va Mo‘g‘uliston oliy ta’lim tashkilotlari global seminariga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur yirik tadbir Jeju Milliy Universitetida tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Buyuk Ipak Yo‘li Turizm universiteti, Qozog‘istonning Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universiteti, Tojikistonning Xo’jand Politexnika instituti, Mo‘g‘uliston Parlamenti a’zolari hamda 4 ta oliy ta’lim tashkiloti qatnashmoqda.

Anjuman davomida Jeju Milliy Universiteti – O‘rta Osiyo va Mo‘g‘uliston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolashini kutilmoqda.