Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov xizmat safari bilan Jizzax politexnika institutida boʻldi.
Tashrif doirasida vazir oʻrinbosari institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Ushbu tuzilmalarda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan loyihalarning mazmun-mohiyati alohida koʻrib chiqildi.
Uchrashuv davomida mamlakatda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda ustuvor hisoblangan yoʻnalishlar, xususan, muhandislik, energiya samaradorligi, innovatsion texnologiyalar hamda yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va grant loyihalarida faol ishtirok etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.



