KADIS UNIVERSITETIDA “ISPAN-OʻZBEK MARKAZI” OCHILDI
25.11.2023Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet vakillari Ispaniya universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Kadis universitetiga tashrifi davomida, “Ispan-Oʻzbek markazi”ning ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi masʼul xodimlari, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Roman-German filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Xalillayev, shuningdek, Kadis universiteti rektori Fransisko Piniella hamda mazkur universitet rahbar-xodimlari ishtirok etdi.



OʻzDJTU rahbarlari, professor-oʻqituvchilari va talabalari tadbirda online tarzda ishtirok etib, talabalarimiz Ispaniya va Oʻzbekistonning mashhur shoirlari sheʼrlaridan namunalarni oʻqib eshittirdilar.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.