KAMBAG‘AL OILA FARZANDLARINI CHET TILI, IT VA KASB-HUNARGA O‘QITISH UCHUN QO‘SHIMCHA IMKONIYATLAR YARATILADI
14.12.2024Kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Bu bo‘yicha ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotagan videoselektor yig‘ilishida tegishli topshiriqlar berildi.

Mutasaddilarga 1-martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi.
To‘garak xarajati 80 foizgacha budjetdan qoplanadi.
Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohlarga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.


Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi. Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.