O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kangwon Milliy Universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Jumladan, Kangwon Milliy Universiteti quyidagi dasturlarni taklif etdi: 1+3 bakalavriat dasturi (TOPIK 3 yoki IELTS 5.5+), 2+2 ikki diplomli dastur, 3+1 bakalavriat va magistraturaga kirish imkoniyatini beruvchi dastur (TOPIK 4 yoki IELTS 6.0+), hamda 1+1 magistratura dasturi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan esa quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari ilgari surildi: 2+2 ikki diplomli dastur, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, ilmiy maqolalar nashri va jurnal chop etishda hamkorlik, qo‘shma konferensiyalar hamda seminarlar tashkil etish, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlari, mutaxassislar almashinuvi, shuningdek, koreys va ingliz tili metodikasi bo‘yicha treninglar.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.