Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 ta texnikumda nemis ta’lim dasturi asosida “Ausbildung” (nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o‘rgatish) tizimi joriy qilindi.
Ushbu tizim asosida o‘qishga 17-26 yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi.
O‘qish muddati 3 yil etib belgilangan bo‘lib, o‘quvchilar birinchi o‘quv yilini O‘zbekistonda, nemis tilidan B1 til sertifikatiga ega bo‘lganlar esa qolgan ikki yil dual ta’lim asosida Germaniyada tahsil oladilar.
Dastlabki bosqichda quyidagi 6 ta texnikumda 5 ta kasb bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanadi.
Kasblar ro‘yxati:
- Yuk avtomobili haydovchisi
- Qurilish texnikasi ustasi
- Ombor logistikasini boshqarish
- Uskunalar mexanigi
- Elektromontyor
“Ausbildung” tizimi joriy etilgan texnikumlar:
– Toshkent transport texnikumi;
– Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi;
– Samarqand shahar 2-son politexnikumi;
– Samarqand shahar 3-son politexnikumi;
– Xorazm qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi;
– Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi.
Batafsil ma’lumot uchun bevosita yuqoridagi texnikumlar yoki quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
Tel.: +998970993999
@askania_bildung
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.