KASB O‘RGANISHNI O‘ZBEKISTONDA BOSHLANG VA GERMANIYADA DAVOM ETTIRING

20.05.2025

Endi kasb o‘rganishni O‘zbekistonda boshlab, Germaniyada davom ettirish mumkin!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 ta texnikumda nemis ta’lim dasturi asosida “Ausbildung” (nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o‘rgatish) tizimi joriy qilindi.

Ushbu tizim asosida o‘qishga 17-26 yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi.

O‘qish muddati 3 yil etib belgilangan bo‘lib, o‘quvchilar birinchi o‘quv yilini O‘zbekistonda, nemis tilidan B1 til sertifikatiga ega bo‘lganlar esa qolgan ikki yil dual ta’lim asosida Germaniyada tahsil oladilar.

Dastlabki bosqichda quyidagi 6 ta texnikumda 5 ta kasb bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanadi.

Kasblar ro‘yxati:

  • Yuk avtomobili haydovchisi
  • Qurilish texnikasi ustasi
  • Ombor logistikasini boshqarish
  • Uskunalar mexanigi
  • Elektromontyor

“Ausbildung” tizimi joriy etilgan texnikumlar:
– Toshkent transport texnikumi;
– Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi;
– Samarqand shahar 2-son politexnikumi;
– Samarqand shahar 3-son politexnikumi;
– Xorazm qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi;
– Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi.

Batafsil ma’lumot uchun bevosita yuqoridagi texnikumlar yoki quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
📞 +998970993999
🔹 @askania_bildung
🔹 Instagram

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × two =