KASBIY TA’LIM SOHASIDA O’ZBEKISTON VA BELARUS HAMKORLIGI KENGAYMOQDA

21.08.2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tgan uchrashuvda “2024–2025-yillarda kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” hamda birinchi Belarus–O‘zbekiston kasbiy ta’lim forumi (29–30-aprel 2024-yil) doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Hozirgacha amalga oshirilgan ishlarga ko‘ra, Belarusiyadagi kompetensiya markazlari O‘zbekistondagi 14 ta bazaviy kasbiy ta’lim muassasasi bilan mentorlik asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shu asosda 11 ta integratsiyalashgan yangi ta’lim dasturi ishlab chiqilib, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etildi.

Uchrashuv yakunida 2025-yil uchun ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. Jumladan, 14 ta bazaviy ta’lim muassasasini o‘quv-metodik adabiyotlar va raqamli resurslar bilan ta’minlash, imzolangan memorandumlar asosida yangi ta’lim dasturlarini joriy etish, “II Belarus–O‘zbekiston professional ta’lim forumi”ni yuqori saviyada o‘tkazish hamda o‘zbek pedagog va o‘quvchilarining Belarusiyada stajirovka va amaliyot o‘tashiga ko‘maklashish rejalashtirilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + 4 =