KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI

27.10.2025

2025 yilning 27 oktabr kuni Professional ta’limini rivojlantirish instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida Kasbiy ta’lim tizimida o‘qitish yondashuvlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma seminar o‘tkazildi.

Seminar quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi:

– Helvetas Uzbekiston, Shveysariyaning O‘zbekistonda kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash loyihasi (VET4UZ),
– YUNESKO, “O‘zbekiston qishloq joylarida bandlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi,
– DVV International,
– GIZ, Termizda tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlashni modernizatsiya qilish,
– ETF, Markaziy Osiyodagi yoshlarni inklyuzivlik va mehnat bozori ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Seminarning bosh maqsadi yaqinda qabul qilingan “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy etish, ta’lim sohasi mutaxassislarini kasbiy ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuv va metodikalar bilan tanishtirish, shuningdek, xalqaro hamda mahalliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Seminar natijasida Farmonda berilgan vazifalarning mazmun-mohiyati, zamonaviy kasbiy ta’lim metodikalarini chuqurroq anglash va ulardan xabardor bo’lish, ishtirokchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘qitish sifatini yaxshilash kabi umumiy tasavvur shakllantirildi.