KEMBRIJ UNIVERSITETI VAKILLARI JAHON TILLARI UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

09.07.2025

Kembrij universiteti vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Kembrij universitetining O‘zbekiston loyihalari uchun mas’ul dastur rahbari Xien Lu, loyiha menejeri Renata Mjoxa-Rivz hamda moliyaviy menejer Xazem Aldubush OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari bilan uchrashdi.

Dastur davomida:
– CELTA, TKT va DELTA kabi xalqaro sertifikatlash tizimlarini mahalliy ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlari;
– uslubiy qo‘llanmalarni mahalliy kontekstga moslashtirish;
– o‘qituvchilarning metodikasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish bo‘yicha strategik rejalash;
– qo‘shma malaka oshirish kurslari va tajriba almashinuv dasturlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Kembridj bilan hamkorlikda qo‘shma sertifikatlash tizimini yaratish, ikki tomonlama diplom yoki modul asosida baholash tizimini joriy etish, qayta tayyorlash markazining infratuzilmasi bilan tanishish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 − four =