KIRISH IMTIHONLARIDA ENG YUQORI BALL TO‘PLAGAN 200 TALABAGA PREZIDENT GRANTI BERILADI
12.09.2024Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo’lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko’rilsa, grant asosida o’qiydi.
Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini «a’lo» bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni «a’lo» bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi.

