“KITOBXON YOSHLAR LIGASI” ONLAYN TANLOVINING 3-MAVSUMIGA START BERILDI

13.08.2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 26-avgustga qadar 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Kitoblar ro‘yxati:

-“Asrni qaritgan kun” (Chingiz Aytmatov);
-“Ular 10 ta edi” (Agata Kristi);
-“Diyonat” (Odil Yoqubov).

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43″;
3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128);
4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64);
5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32″.

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128);
2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64);
3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32″.

Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + eighteen =