KOICA BILAN HAMKORLIGIDA ZAMONAVIY SUN’IY INTELLEKT O‘QUV MARKAZI OCHILDI

14.08.2025

Toshkent xalqaro universitetida zamonaviy Sun’iy intellekt o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu markaz Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda tashkil etilib, sun’iy intellekt sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va mamlakatimizda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishni maqsad qilgan.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ham ishtirok etib, ushbu tashabbusning nafaqat oliy ta’lim tizimi, balki butun iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatini ta’kidladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + four =