KOICA LOYIHASI DOIRASIDA XALQARO UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

01.05.2025

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga KOICA (Korea International Cooperation Agency) loyihasi doirasida mas’ul vakillar tashrif buyurdi.

Tashrif davomida KOICA vakillari — Yun Jin Kyung, Hong Seungjoo, Xojiyeva Sadoqat, shuningdek volontyorlar masalasi bo‘yicha Lee Yoobin va Saidov Islombek bilan o‘zaro muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvda koreys tili adabiyoti va IT yo‘nalishlari bo‘yicha institutga ko‘ngilli mutaxassislarni jalb etish istiqbollari muhokama qilindi. Bu tashabbus ta’lim sifatini oshirish, talabalarni xalqaro me’yorlar asosida tayyorlash va madaniy almashinuvni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × four =