KOICA VA JIDU 6,9 MILLION DOLLARLIK KELISHUVGA ERISHDI

23.05.2025

Janubiy Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) o‘rtasida “Onlayn ta’lim tizimini rivojlantirish va Kiber universitet tashkil etish uchun muhit yaratish loyihasi” bo‘yicha Muhokamalar bayonnomasi imzolandi.

Mazkur marosimda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, Janubiy Koreya delegatsiyasi tomonidan KOICA vitse-prezidenti Xong Sok Xva, shuningdek, agentlikning O‘zbekistondagi rahbari Shin Myon Sop hamda boshqa yuqori martabali vakillar ishtirok etdi.

Yangi loyiha yurtimizda oliy ta’lim sohasining raqamli infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, JIDUda to‘liq elektron ta’lim tizimini yaratishni nazarda tutadi. 

Umumiy qiymati 6,9 million AQSH dollarni tashkil etuvchi kelishuv doirasida elektron ta’lim bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqish, akademik va operatsion me’yoriy hujjatlarni shakllantirish, uchta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim kontentini yaratish, professor-o‘qituvchilarni tayyorlash, IT-platformalarni ishlab chiqish, zarur texnik jihozlar bilan ta’minlash va raqamli ta’lim infratuzilmasini yangilash ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, bu Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo uchun mo‘ljallangan “K-Ipak yo‘li” tashabbusi yo‘nalishining aqlli ta’lim va barqaror taraqqiyotni ilgari surishga qaratilgan keng qamrovli strategiyasining bir qismidir.

Shubhasiz, bunday hamkorlik loyihalari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirib, ikki tomonning zamonaviy va sifatli ta’lim tizimini yaratishga bo‘lgan qat’iy intilishini yanada mustahkamlaydi. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − 12 =