“KO‘KSAROY” QARORGOHIDA PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING YOSHLAR BILAN MULOQOT O’TKAZDI
24.02.2026Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy studiyalar orqali 60 mingdan ortiq yoshlar vakillari ishtirok etdi.


Davlat rahbari 22 milliondan ziyod yoshlar mamlakatning eng katta ijtimoiy-iqtisodiy kuchi ekanini ta’kidlab, ularni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa bo‘lib qolishini qayd etdi. Yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, startap va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishi e’lon qilindi.
“Kelajak tadbirkori”, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturlari hamda “Yoshlar biznes inkubatori” yo‘lga qo‘yiladi. Eng yaxshi startap va biznes loyihalarga imtiyozli kredit va grantlar ajratiladi.
Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish, xususiy o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash, volontyorlik harakatini rivojlantirish, yosh oilalar uchun ipoteka imtiyozlari, kitobxonlikni rag‘batlantirish va ijtimoiy loyihalarni kengaytirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi.
Yakunda Prezident yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.



