KOREYA OLIYGOHI BILAN O‘ZARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
20.08.2025Koreyaning Sunchon milliy universiteti vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdilar. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Tomonlar 2+2 formatda bakalavriat ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar. Ushbu modelda talabalar dastlabki 2 yil O‘zDJTUda, keyingi 2 yilini esa Koreyada o‘qiydilar. Shuningdek, rektor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan ilgari surilgan 1+1 magistratura qo‘shma dasturi bo‘yicha Koreya tomoni ijobiy javob berdi. Ushbu dasturlarni 2026/2027-o‘quv yilidan joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, universitetning Xalqaro aloqalar va ta’lim bo‘limi rahbari Seo Kang-Sok KOICA loyihalari doirasida hamkorlik qilish, yangi loyihalarni ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur taklif O‘zDJTU rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.