«KOREYA SAN’ATI VA MADANIYATI» TALABALAR WORKSHOPI BO’LIB O’TDI

30.03.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida «Koreya san’ati va madaniyati» talabalar workshopi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Namangan davlat chet tillar universiteti talabalari va Koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Shinsede Koreys yoshlar markazi faollari rang-barang va qiziqarli chiqishlari bilan ishtirok etishdi.