ILMIY-AMALIY ANJUMAN: “KOREYS TILINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK KASBIY KOMPETENSIYA MUAMMOLARI”

17.05.2022

Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakulteti «Koreys tili nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi tomonidan “Koreys tilini o‘qitishda pedagogik kasbiy kompetensiya muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tmoqda.

Konferensiyada soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda.

Anjuman quyidagi sho‘balarda ish olib bormoqda:

  • Koreys tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodlari
  • Qiyosiy tilshunoslik
  • Pedagogika
  • Til o‘qitish metodikasi
  • Tarjima mahoratida o’qitishning samaradorligi
  • Lingvokulturologiya
  • Maktabgacha ta’lim tizimi: o‘qitish metodikasi.

Konferensiya davomida soha mutaxassislari tomonidan “Qiyosiy tilshunoslik”, “Xorijlik talabalarga koreys tili o’rgatishdagi muammo va kamchiliklar”, “Koreys tilshunos olimlar tomonidan maqollarning tadqiq etilishi” kabi mavzularda taqdimotlar qilinishi kutilmoqda.