KUALA LUMPURDA 8-GLOBAL OLIY TAʼLIM FORUMI BO’LIB O’TMOQDA
15.11.2023Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi delegatsiyasi Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtayotgan 8-Global oliy taʼlim forumida ishtirok etmoqda.
“Teng imkoniyatlarning tiklanishi: pandemiyadan keyingi davrda oliy ta’lim” mavzusida oʻtkazilayotgan ushbu forum dunyoning 17 dan ortiq davlatlari oliy taʼlim sohasidagi yetakchi mutaxassis va ekspertlarini bir joyga toʻpladi.



Forum doirasida QS xalqaro universitetlar reytingida 137-oʻrinni egallagan Malayziya milliy tadqiqot universiteti (Universiti Sains Malaysia) hamda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi oʻrtasida qoʻshma yoʻl xaritasi imzolandi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.