KVANGJU SHAHRI TA’LIM BOSHQARMASI VAKILLARI BILAN HAMKORLIK YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
22.10.202522-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya Respublikasining Kvangju shahri ta’lim boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Kvangju o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zDJTU talabalari, o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun grantlar ajratish, o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, koreyalik talabalarni O‘zDJTUda o‘qishga jalb etish hamda yozgi maktablar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.


Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.