LINGVISTIKA VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: O‘ZDJTU DOKTORANTI XITOYDA TAJRIBA OSHIRMOQDA

27.01.2026

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich doktoranti Abdurasulova Nilufar ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Chonqing shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Artificial Intelligence and Digital Transformation in Linguistics and Innovative Teaching Methodologies” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish treningida qatnashmoqda.

Trening dasturi doirasida sun’iy intellekt texnologiyalarini lingvistika sohasiga tatbiq etish, raqamli transformatsiyaning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda zamonaviy va innovatsion o‘qitish metodlarini joriy etish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Ishtirokchilar ilg‘or xalqaro tajribalar, raqamli ta’lim platformalari va sun’iy intellektga asoslangan ta’lim modellaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.

Ushbu xalqaro trening doktorantning ilmiy-tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish, universitetda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda lingvistika yo‘nalishida raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.