LONDON SHAHRIDA BO‘LIB O‘TAYOTGAN BUTUNJAHON TA’LIM FORUMIDA O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI ISHTIROK ETMOQDA

19.05.2025

Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov va Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro forumning joriy yildagi 21-yig‘ilishida 110 dan ortiq davlatdan ta’lim sohasidagi 140 ta vazirlik rahbariyati, shuningdek, ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi turli xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.

Forumning dastlabki kunida O‘zbekiston delegatsiyasi ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan sessiya va yig‘ilishlarda faol ishtirok etdi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva hamda Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vaziri o‘rinbosari Yan Bilan bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda ushbu davlatlar bilan ta’lim sohasida oliy darajada erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.

https://gov.uz/oz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + 2 =