MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI DELEGATSIYASI AYNI DAMDA YAPONIYADA BO‘LIB TURIBDI

19.02.2025

Tashrif vazirlik va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan “Ta’lim sifatini oshirish uchun dalillar assosida ta’lim siyosatini yuritish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun: mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad — Yaponiya tajribasini o‘rganish, o‘zaro hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro mezonlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va ta’limda samaradorlikni oshirishdan iborat.

Delegatsiya a’zolari uchrashuvlar doirasida Yaponiya ta’lim tizimida olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganishi, maktablarda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimi va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishi hamda soha doirasida tajriba almashishlari rejalashtirilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + 6 =