MALAYZIYADA O’ZBEKISTONLIK TALABALAR AKADEMIK ALMASHINUV DASTURI DOIRASIDA TAHSIL OLMOQDA
06.05.2025Andijon davlat universitetining 10 nafar iqtidorli talabalari akademik almashinuv dasturi doirasida Malayziyaning Terengganu University Malaysia (UMT)da qisqa muddatli o‘quv dasturi asosida malaka oshirmoqda.


Dastur doirasida universitetimiz vakillari va talabalari ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida UMTdagi o‘quv jarayonlarida faol ishtirok etib, zamonaviy IT yo‘nalishlaridagi darslar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy loyihalarda qatnashib, o‘z malakalarini oshirmoqdalar.



Mazkur tashabbus nafaqat IT yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarni boyitish, balki talabalarning yangi madaniyat va muhit bilan tanishishi, xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda kelajakdagi xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.