MALAYZIYANING PERLIS UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK KENGAYMOQDA
20.12.2024Termiz davlat universitetining qator bo‘lim boshliqlari Malayziyaning Perlis universitetida bo‘lib turibdi.

Mas’ullar tashrif davomida Perlis universiteti bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, jumladanquyidagi yo‘nalishlarda muzokara olib bordilar:
✅professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi;
✅Smart Agriculture va Farming sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
✅qo’shma xalqaro konferensiyalar o’tkazish;
✅TerDU doktorantlarining Perlis universitetida fundamental tadqiqot ishlarini olib borishlari;
✅Scopus bazasidagi yuqori impakt-faktorli jurnallarda hammualliflikda maqola chop etish;
✅ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha hamkorlikni oshirish;
✅o’qituvchilar malakasini oshirish;
✅Double Degree va qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish;
✅Perlis universiteti professor-o’qituvchlarining TerDUda ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etish.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.