MARKAZIY OSIYO PEDAGOGLARI XALQARO FORUMINING YALPI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

06.10.2025

Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumining yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim vazirliklari, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiya ta’lim tizimi vakillari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik ishtirok etmoqda.

Yalpi majlisda hamkor vazirlik va tashkilotlar rahbarlari forumning ahamiyati hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr bildirar ekan, O‘zbekistonda ta’lim transformatsiyasi va unda xalqaro aloqalarning o‘rnini yuqori baholadi.

Ma’lumot uchun: forumda BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori Sabina Maxl, Jahon bankining Markaziy Osiyodagi inson taraqqiyoti bo‘yicha dastur menejeri Tazin Fasih, Osiyo Taraqqiyot Banki Mintaqaviy ofis direktori Kanokpan Lao-Araya, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Maykl Xolgeyt, “Cambridge University Press & Assessment” Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘yicha loyiha koordinatori Stiv King, Marshall Cavendish Education tashkilotining bosh direktori o‘rinbosari Hayri Abdulla Sallehuddin hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv seminar tadbirlarida qatnashadi. Jarayonlar Nukus shahridagi Prezident maktabida tashkil etiladi. 

Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four + twelve =