“MARKAZIY OSIYO – XITOY” SAMMITIDA STRATEGIK TASHABBUSLAR ILGARI SURILDI
17.06.20252025-yil 17-iyun kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan savdo-iqtisodiy, investitsion va texnologik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, “Raqamli Ipak yo‘li” platformasini yaratish, sanoat va logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li, energetika, raqamli savdo va startap ekotizimini rivojlantirish kabi yirik loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida tomonlar Ostona deklaratsiyasini qo‘llab-quvvatlab, yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.





No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.