MARKAZIY OSIYODA INKLYUZIV TIL O‘QITILISHIGA BAG’ISHLANGAN KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

14.03.2025

Kuni kecha, Toshkentdagi Westminster xalqaro universitetida “Markaziy Osiyoda inklyuziv til o‘qitish: imkoniyatlar, tajribalar va muammolar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqaro tashkilotlar, universitet vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.

Konferensiyada boshqa oliy ta’lim muassasalari qatorida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari ishtirok etdilar. Ular inklyuziv ta’lim tamoyillarini oliy ta’lim tizimiga tatbiq etish, talabalar uchun teng imkoniyatlar yaratish va universitetda gender tenglik hamda til ta’limidagi inklyuzivlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen + 7 =