“MEDIA BOSHQARUVI: OAVNI SAMARALI BOSHQARISH ASOSLARI – FRANCE 24 USULI” SEMINAR-TRENINGIDA ISHTIROK ETING!

14.08.2023

Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida jurnalistlar, blogerlar va media mutaxassislarini “Media boshqaruvi: OAVni samarali boshqarish asoslari – France 24 usuli” seminar-treningida ishtirok etishga taklif qilamiz. Seminar 2023-yil 17-avgust kuni soat 10:00-12:00 da onlayn formatda o‘tkaziladi.

Ma’ruzachi: Antuan Kormeri – France 24 kanalida bosh muharrir, Fransiya media akademiyasi (Academie France Medias Monde) direktori.

Treningning ishchi tili – ingliz tili.
O’zbek va rus tillariga sinxron tarjima tashkil etiladi.

Treningda ishtirok etish uchun ko’rsatilgan havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.