MEKSIKA ELCHISI GILERMO PUENTE ORDORIKA o’ZDJTUGA TASHRIF BUYURDI
28.06.202228 iyun kuni Meksikaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) Gilermo Puente Ordorika O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.


Tashrif davomida elchi universitet rahbariyati bilan uchrashdi. Tomonlar qator masalalarni muhokama qildilar, jumladan: ispan tili sohasida talabalar, o’qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuviga ko’maklashish, shuningdek, darsliklar almashinuvi; O‘zDJTU professor-o‘qituvchilarining Meksika universitetlarida malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish; Meksikaning nufuzli universitetlaridan ispan tili mutaxassislarining kelishi, shuningdek, seminarlar va darslar tashkil etish; Tegishli yo’nalishlar bo’yicha ikki tomonlama diplom dasturlarini tashkil etish va boshqalar.

Uchrashuvda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori A.Abidjanov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i X.Alimova, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani O.Xalillayev, Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri T.Oltiyev, Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri D.Bahronovalar ishtirok etishdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.