MEKSIKA QO’SHMA SHTATLARI BILAN TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK KENGAYMOQDA

15.11.2024

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov boshchiligidagi institut delegatsiyasining Meksika Qo’shma Shtatlari Mexiko shahriga xizmat safari amalga oshirildi.

Tashrif davomida Samarqand davlat chet tillar instituti Lotin Amerikasining nufuzli universitetlaridan biri bo’lgan Mexiko milliy avtonom universiteti hamda Meksikaning Toluka shahridagi Mexiko Shtati avtonom universiteti (Universidad Autonoma del Estado Mexico) o’rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.