“METHODOLOGY OF RESEARCH WORKS” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI

12.02.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Erasmus+ KA-171 loyihasi doirasidagi Kredit Almashinuv dasturiga asoslangan “Methodology of Research Works” mavzusida  seminar-trening  o‘tkazildi.

Trening Turkiyaning Marmara Universiteti Sosyologiya kafedrasi mudiri, professor Nuri Tinaz o‘zining boy tajribasi va ilmiy yondashuvini ishtirokchilarga namoyish etdi.

Seminar-trening Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari  uchun  tashkil  etildi.

Tadbirda hozirgi kundagi ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha ma’lumotlar, tadqiqot metodlari va ularni amalga oshirish usullari, tadqiqot natijalariga erishishda e’tibor beriladigan asosiy jihatlarga to‘xtab o‘tildi.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan berilgan savollariga mehmon ustoz ham nazariy ham amaliy jihatdan javob berdi hamda yig’ilganlar bilan fikr almashdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 4 =