MEXT SCHOLARSHIPS TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA
27.01.2023
Yaponiyaning ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan 2023-yil quyidagi o’quv dasturlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan:
🌟 “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;
🌟 “Boshlang’ich, o’rta maktab, litsey yoki kollej o’qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.
⚡️ Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 1-fevralgacha.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar mustaqil ravishda Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasining veb-saytida batafsil ma’lumot bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi, hamda barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda elchixonaga topshirishlari lozim
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.