MICROSOFTDAN BEPUL ONLAYN KURS

01.05.2020

Kurs davomiyligi: 6 hafta

Ta’lim tili: ingliz tili

Ushbu kurs Microsoftning ma’lumotlar bilan ishlash dasturining birinchi bosqichidir. Kurs orqali siz dastur bilan batafsil tanishasiz, o’quv dasturini rejalashtirishingiz va boshqa talabalar hamda o’qituvchilar bilan tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari, analitik, vizual va statistik usullar yordamida ma’lumotlarni tadqiq qilishni o’rganasiz.

Kurs ma’lumotlar bilan ishlash (Data Science) sohasida boshlang’ich bilim olishni istaganlar uchun mo’ljallangan.

Kurs bepul, agar kurs oxirida sertifikat olishni istasangiz, 99$to’lashingiz kerak.

Batafsil ma’lumot uchun rasmiy havola: https://www.edx.org/course/data-science-orientation-microsoft-dat101x-1#