2025-yilning 6-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillari fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan «Milliy qadriyatlar – millat ko‘zgusi» shiori ostida tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda fransuz tili bo’yicha tahsil oladigan talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan o’zbek xalqining o’ziga xos milliy madaniyati va qadriyatlarini ifodalovchi milliy liboslar, kuy-qo’shiqlar, raqs va laparlar namoyish qilindi. Ushbu tadbir jarayonida ishtirokchilar o’zlarining hunarmandchilik, pazandalik, san’atkorlik va milliy liboslar bo’yicha dizaynerlik mahoratlari bilan o’zaro bellashishdi.
Tadbir davomida talaba yoshlar o’zbek milliy liboslari tarixini o’zlashtirgan holda Samarqand, Buxoro, Xiva va Farg’ona singari viloyatlarning o’ziga xos milliy liboslarini zamonaviy tendensiyalarga mos tarzda taqdim etishdi. Turli sahna ko’rinishlari va rang-barang musiqali chiqishlar orqali kirib kelgan bahor faslining tarovati va jozibasi tarannum etildi. Bu esa albatta, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash va ularda milliy qadriyatlarga nisbatan g’urur hissini yanada oshirish yo’lida muhim ahamiyat kasb etadi.


Fransuz filologiyasi kafedrasining 1–2-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan bu ma’naviy tadbir nihoyasida Roman-german tillar fakulteti dekani U.Sattorov eng faol ishtirok etgan guruh va talabalarni «Eng kreativ milliy muhit», «Eng taassurotli milliy namoyish», «Eng kreativ milliy hunarmandchilik asari», «Eng kreativ milliy libos», «Eng kreativ milliy qadriyat namoyishi» nomli tegishli nominasiyalar sohibi sifatida e’tirof etdi va ularga faxriy yorliqlar taqdim qilindi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishda o’z hissasini qo’shgan ustoz-murabbiylar, xususan, U.Boboyev, N.Suvonova, D.Ataullayeva, N.Pulatova, L.Doliyeva, M.Rizaxanova, M.Yusupova, Sh.Xolmanovalar SamDCHTI rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Laylo DOLIYEVA,
SamDCHTI Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.