MIR ALISHER NAVOIY HAYKALI POYIGA GUL QO‘YISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

09.02.2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirdan so’ng, Adiblar xiyobonida haykallari qad rostlagan shoir va yozuvchilar hamda jadidlarning haykallari oldida oliy ta’lim muassasalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi va kun davomida davom ettirildi.