“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” DATA SCIENCE KURSLARIGA 2025/2026-O‘QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA

11.07.2025

Uchinchi bosqich talabalari diqqatiga!
Raqamli savodxonlik va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganishni istagan yoshlarga noyob imkoniyat!

Sun’iy intellekt asosida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘rganayotgan yo‘nalishingiz bo‘yicha professional mutaxassisga aylanish va kelajakda yuqori daromadga ega bo‘lishni xohlaysizmi? Unda ushbu kurs aynan siz uchun.

Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!

Tanlov g‘oliblari uchun yaratilgan shart-sharoitlar:
– Toshkent shahrida bir o‘quv yili davomida tahsil olish (akademik mobillik);
– Har oy 1 320 000 so‘m miqdorida rag‘bat puli;
– O‘qish davomida issiq ovqat bilan ta’minlash;
– Noutbuk, internet, darslik va amaliy mashg‘ulotlar.

O‘quv dasturining asosiy yo‘nalishlari:
– Python, R, SQL, Power BI, mashinaviy o‘qitish va sun’iy intellekt asoslari;
– Startaplar va real muammolar uchun IT yechimlar ishlab chiqish.

Hujjat topshirish muddati:
2025-yil 10-avgust soat 23:59 gacha.
Arizalar faqat onlayn qabul qilinadi: www.dscience.uz

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Telefon: +998 97 177 20 22.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 + 10 =