“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” RESPUBLIKA TANLOVIGA RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI

12.01.2026

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 10-yanvaridan boshlandi.

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar vorislar.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat qilish uchun (9.00 18.00)
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +99894 324-20-04