“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” RESPUBLIKA TANLOVIGA RO‘YXATDAN O‘TISH DAVOM ETMOQDA
31.01.2024Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.🎉
Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar ushbu sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99897 411-93-54, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).
