2023/2024-o‘quv yilidan boshlab institutda arab tili bo‘yicha ta’lim olib, arab mamlakatlari madaniyati, adabiyoti, tarixi, falsafasi, iqtisodiyoti, geografiyasi va xalqaro aloqalari doirasida yetarlicha bilimlarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, talabalarga bir sharq tili barobarida bir g‘arb tili ham mukammal darajada o‘rgatiladi va bu bo‘lajak kasb egasining mehnat bozoridagi muhim ustivorligini ta’minlaydi.
Arab tili bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgandan so‘ng: maktabgacha, umumiy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish; xalqaro anjumanlarda tarjimon bo‘lish, badiiy yoki ilmiy asarlarni tarjima qilish, bibliografik materiallar tayyorlash, taqrizlar yozish, mehmonxona yoki turistik firmalarda ishlash, intinsiv shalkda dars berish kabi sohalarda faoliyat yuritish mumkin.
1 Comment so far
Jump into a conversationKantirakt arzon bolishni istardim