NAMANGAN DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIGA YAPONIYA DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI
14.03.2025Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, talabalar uchun xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yapon tilini institutda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.



Delegatsiya tarkibi:
ASIBIZ (Rekruting kompaniyasi) MCHJ ta’sischisi Taku Hiyane; ASIBIZ Markaziy Osiyo dasturi mas’ul xodimi Takai Kenta;
Setsubi Giken qurilish muhandisligi tadqiqoti kompaniyasi rahbari Taira Atsushi;
Ishikawa sanoat uskunalari kompaniyasi rahbari Ishikawa Hayato;
Horikawa Industries kompaniyasi rahbari Miyazato Eitatsu;
Soken Sekkei Jimusho Limited qurilish dizayn kompaniyasi rahbari Kawakami Kazuo;
ACES JAPAN MCHJ xorijiy korxona direktori Isakov Islomjon;
OUKAWAY MCHJ direktori Madimarov Abrorjon.
Talabalarning Yaponiyaga amaliyot uchun borish imkoniyatlari, institutda yapon tilini rivojlantirish va kengaytirish kabi masalalar muhokama etildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.