NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA HUAWEI BILAN HAMKORLIKDA SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI JORIY ETILADI
12.01.2026Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev viloyat delegatsiyasi tarkibida Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Huaweiga tashrif buyurdi.


Tashrif davomida universitetda “Smart University” konsepsiyasi asosida taʼlim va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda zamonaviy innovatsion taʼlim muhitini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, oʻquv jarayonlarini Learning Management System (LMS) platformalari orqali boshqarish, sunʼiy intellekt asosida taʼlim berish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, taʼlim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik yechimlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

